Skip to main content

SheSCIENCE 2026: Ilmiy hamkorlik va gender tenglik sari

11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalari xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ayol olimalarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni mustahkamlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.

 

Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ochib berdi.

 

Shuningdek, Asian Development Bank va The World Academy of Sciences (TWAS) vakillari mintaqada ayol olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtaldi.

 

Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin olima ayollar, jumladan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori, professor Chidem Turkyilmaz ishtirok etdi.

 

Panel sessiyalarda gender tenglik, barqaror rivojlanish, ekologiya, tibbiyot, muhandislik va raqamli texnologiyalar kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.