Skip to main content

Sirtqi va masofaviy ta’lim markazi

Markaz boshlig‘i:

Gulmurodov Farrux Eshmurodovich

Qabul vaqti: seshanba-payshanba (15:00-17:00 gacha)

Теlefon: +998979181025

Sirtqi va masofaviy ta’lim markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son hamda “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo’nalishida maxsus sirtqi bo’limlarni tashkil etish to’g’risida” 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son Qarori va universitet rektori 2023yil 1 maydagi X-138 buyrug’iga asosan tashkil etilgan.

Sirtqi va masofaviy ta’lim markazi masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha Sirtqi va masofaviy ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish hamda Sirtqi va masofaviy ta’lim kontentlarini yaratilishini tashkillashtirish va masofaviy o‘qitish jarayoniga joriy etish bilan shug‘ullanadi.

2023-2024 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 60310100-Iqtisodiyot (tarmoq va soxalar bo’yicha), 60411300-Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha), 6073300-Qurilish muhandisligi: bin ova inshoatlar qurilishi, 60713500-Mexanika muhandisligi, 60713400-Atrof muhit muxandisligi, 60723300-Geomatika muxandisligi yo‘nalishlarida talabalar qabul qilindi.

 

Sirtqi va masofaviy ta’lim markazining vazifalari

• Sirtqi va masofaviy ta’lim markazida  o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish;

• Sirtqi va masofaviy ta’lim markazida  ta’lim berish uchun yagona axborot-ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish;

• Sirtqi va masofaviy ta’lim uchun ta’lim kontentlarini (audio, video va grafik) yaratilishini tashkillashtirish va masofaviy o‘qitish jarayoniga joriy etish;

• Sirtqi va masofaviy ta’lim markazi tizimida (elms) talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yagona unifikatsiyalangan interfeysni yaratish va qo‘llab-quvvatlash;

• Sirtqi va masofaviy ta’lim markazi tizimida (elms) professor-o‘qituvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berish

• Sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar kontingenti bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;

• Sirtqi va masofaviy ta’lim markazida  tahsil olayotgan talabalarning oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va natijalarini tahlil qilish;

• Sirtqi va masofaviy ta’lim markazida  tahsil oladigan talabalarni kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish;

• Shartnoma asosida boshqa ta’lim muassasalariga masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ularning texnik hujjatlarini ishlab chiqish, dasturiy ta’minotlarni yaratish va ularni qo‘llab quvvatlashda qatnashish;

• Elektron sirtqi va masofaviy ta’lim markazida  ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etish.

Sirtqi va masofaviy ta’lim markazi jamoasini quydagi xodimlar tashkil etadi

Mutaxassis:

Babayev Sultonbek Sunnat o`g`li

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon:+998915527474

E-mail: s.babayev@samdaqu.edu.uz

Mutaxassis:

Abduvaliyev Bekzod Muhiddin o`g`li

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: +998995789191