“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi.
“Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu marafonda talabalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida 5000 qadam piyoda yurish faoliyatini amalga oshirdilar. Tadbir davomida talabalar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar va ijobiy kayfiyatda marafonni yakunladilar.
Sport-marafon ishtirokchilari ushbu tashabbusni iliq kutib olib, uning muntazam davom etishini va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilishini ta’kidlashdi