Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir “Sog‘lom turmush madaniyati oyligi”ga bag‘ishlanib, yoshlarda ijobiy hayotiy qarashlarni kuchaytirish, sog‘lom muhit yaratish va turli zararli illatlardan ogoh etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmushning afzalliklari, jismoniy faollik va psixologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, faol muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tdi