Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida bir qator sport va kibersport musobaqalari o‘tkazildi.
Basketbol bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasiga Qurilish fakulteti hamda Arxitektura fakulteti talabalari start berishdi. Bellashuvlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, kibersport bo‘yicha navbatdagi musobaqada ishtirokchilar tezkor fikrlash, strategik yondashuv va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.