Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Sport va milliy o‘yinlar festivali” tashkil etildi.
Tadbirda talaba-yoshlar o‘z jismoniy salohiyati, epchilligi va jamoaviylik ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Festival davomida arqon tortish, tosh ko‘tarish, belbog‘li kurash, shaxmat, shashka kabi milliy o‘yinlar o‘tkazilib, g‘olib va faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Mazkur tadbir talabalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni qadrlash va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.