Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Sport va milliy o’yinlar festivali” o‘tkazildi.
Tadbir doirasida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari o’rtasida arqon tortish, tosh ko’tarish, besh tosh va "oq terakmi, ko‘k terak?" kabi milliy o‘yinlar tashkil qilindi.
Tadbirdan asosiy maqsad ꟷ talabalarning jismoniy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish.