Skip to main content

SUS Environment kompaniyasi bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xitoyning SUS Environment kompaniyasi 2026-yil bitiruvchilarini ishga qabul qilish va xorijiy amaliyot dasturlarini tashkil etish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Universitetning:

60710400 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi,
60711800 – Atrof-muhit muhandisligi,
60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji,
60730500 – Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi,

 61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.

 SUS Environment kompaniyasi chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida loyiha ishlab chiqish, qurilish, ekspluatatsiya va modernizatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega.

Samarqandda “SUS Environment Samarkand” yangi zavodining qurilishi boshlangan. Zavodga 150 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritilgan.

Kunlik quvvat: 1 500 tonna chiqindi yoqish.
Yillik ishlab chiqarish: 240 million kVt·soat elektr energiyasi.
Qurilish maydoni: 15 gektar.
150–200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Loyiha 2025–2027-yillarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani J. Suyunov, 12 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 350 ga yaqin bitiruvchilar qatnashdi.

SUS Environment delegatsiyasi tarkibidan bosh direktor Yao Qihao, loyiha boshqaruvchilari Gan Yu va He Qiude, hujjatlar bo‘yicha mutaxassislar Gao Xiaoyan, Munire, Chorlik, kadrlar tayyorlash mutaxassisi Xiao Demian tashrif buyurishdi.

 Uchrashuv yakunida kompaniyada ishlash istagini bildirgan 93 nafar bitiruvchi suhbatdan o‘tdi. 2026-yilning birinchi choragida saralangan 40 nafar talaba Xitoyga amaliyotga yuborilishi rejalashtirilgan.