Skip to main content

Suv sohasi kelajagi: xalqaro forumda dolzarb masalalar muhokamada

25–26-mart kunlari poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Tashkent Water Week 2026 xalqaro forumi doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Abror Gadayev tomonidan “Suv sohasi mutaxassislarini tayyorlash: suv ta’minoti, oqova suvlar va suv resurslarini boshqarish” mavzusida ma’ruza taqdim etildi.

 

Mazkur ma’ruzada:

Suv xo‘jaligi uchun malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari;

Zamonaviy ta’lim yondashuvlari va innovatsion yechimlar;

Suv resurslaridan samarali foydalanish va boshqarish istiqbollari yoritib berildi.

Ushbu xalqaro forum suv sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilarni bir maydonga jamlab, tajriba almashish hamda dolzarb muammolarga yechim topishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.