Skip to main content

Talaba-yoshlar Markaziy harbiy okrugga tashrif buyurishdi!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba-yoshlari Samarqand viloyati Markaziy harbiy okrugga tashrif buyurishdi!

Ushbu tashrif Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet o‘rinbosari Nazorbek Axmedov, tyutorlar Surayyo Januzakova va Zoyir Umirzakovlar tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Talaba-yoshlarga milliy armiyamizning bugungi rivojlanishi, Oliy harbiy bilim yurtlarida yaratilgan sharoitlar hamda armiyaning mamlakatimiz xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Markaziy harbiy okrugda joylashgan Tarix o‘quv binosidagi turli ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishtirilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.