Skip to main content

“Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining bahorgi mavsumiga start berildi.

 

Musobaqa sanasi: 2025-yil 21-may

Joy: Samarqand shahri

 

Ishtirokchilar Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari.

 

Ro‘yxatdan o‘tish:

Musobaqada ishtirok etishni istaganlar yugur.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 

Mukofotlar talabalar uchun 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari (alohida o‘g‘il-qizlar uchun) OTM rektorining stipendiyasi bilan taqdirlanadi.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar orasidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganlar (alohida erkak-ayollar uchun) lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama oladilar.

 

Eslatma: Musobaqada qatnashuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.

 

Murojaat uchun:

Xondamir Toshtemirov – Salomatlik va sport bo‘limi boshlig‘i

Tel: +998 93 351 40 06