Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor Sherzod Uzoqov bilan birgalikda talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar bilan yaqindan samimiy suhbat qurildi. Ularning fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari diqqat bilan tinglandi. Turar joydagi yashash sharoitlari, qulayliklar va mavjud ehtiyojlar bevosita joyida o‘rganildi.
Ushbu uchrashuv talabalar hayotiga befarq bo‘lmaslik, ularning farovonligi va rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Universitet rahbariyati yoshlarning dardini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalik davrini mazmunli o‘tkazishga har tomonlama ko‘mak berishga intilmoqda.