Skip to main content

Talabalar hayoti – doimo diqqat markazida!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor Sherzod Uzoqov hamrohligida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Maqsad — talaba-yoshlarning turmush sharoitlari, istaklari va muammolarini bevosita o‘rganish, ular bilan yaqindan tanishish edi.

 

Dastlab, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rektor ularga tantanali tarzda guvohnomalarni topshirdi, bu esa talabalar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.

 

Shuningdek, "Mushoira" ijodkor talabalar klubi a'zolari bilan iliq va samimiy suhbat tashkil etildi. Iqtidorli yoshlar o‘z qalamiga mansub she’rlarni o‘qib eshittirishdi hamda klub faoliyatiga oid taklif va mulohazalar tinglandi.

 

Tashrif davomida TTJdagi sharoitlar, xususan, internet tezligi, sanitariya holati, hamda o‘quv zallari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

 

Talabalar bilan bevosita muloqot, ularning hayoti va muammolariga e’tibor – bu ta’lim sifatini yuksaltirish sari muhim qadamdir!