Skip to main content

Talabalar turar joyiga ariza topshirgan talabalar diqqatiga

Hurmatli talabalar,

bugungi kunga qadar talabalarning aksariyati uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar shakllantirilib, ularning telefon raqamlariga xabar yuborildi. Ushbu jarayon sizning qulay sharoitlarda ta’lim olish va samarali o‘qish imkoniyatlaringizni ta’minlashga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, ayrim talabalar yuborilgan xabarlarni e’tiborsiz qoldirishmoqda.

  Sizlarni telefon raqamingizga yuborilgan xabarlarni diqqat bilan tekshirib, yo‘llanmangizni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga chorlab qolamiz.

 

Eslatib o‘tamiz: yo‘llanmalar belgilangan muddat davomida amal qiladi. Ularni o‘z vaqtida tasdiqlamaslik sizning turar joy bilan ta’minlanishingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Shuning uchun barcha talabalarni mas’uliyatli bo‘lishga, jarayonni cho‘zmaslikka va imkoniyatdan samarali foydalanishga chaqiramiz.