Skip to main content

TANLOV E’LON QILADI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kafedralarda tanlov muddati tugagan hamda kafedra mudiri

 

vazifasini bajaruvchi lavozimlariga mehnat shartnomasi asosida

Kafedra mudirligi lavozimiga: 

 

Arxitektura fakulteti:

1. Arxitektura

2. Landshaft dizayn

3. Interyer dizayni

4. Shaharsozlik

 

Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti

1. Madaniy meros obyektlarini asrash

2. Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi

 

Qurilish fakulteti

1. Qurilish muhandisligi

2. Geomatika muhandisligi

3. Mexanika muhandisligi

4. Atrof muhit muhandisligi

5. Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi

 

Iqtisodiyot va  boshqaruv  fakulteti

1. Iqtisodiyot

2. Ko'chmas mulkni boshqarish

3. Biznezni boshqarish

 

Rektorat kafedralari

1. San'at

2. Ijtimoiy va tabiiy fanlar

3. Axborot texnologiyalari

4. Xorijiy tillar          

5. O'zbek tili va adabiyoti

 

MALAKA TALABLARI:

1.      Mutaxassislik bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo’lish.

2.      Universitet darajasida ta’lim berish tajribasiga ega bo’lish.

3.      A’lo darajadagi muloqot va shaxslararo ko'nikmalarga ega bo’lish.

4.      Hamkasblar bilan jamoaviy ishlash va ijobiy akademik muhitga hissa qo'shish qobiliyatiga ega bo’lish.

 

KERAKLI HUJJATLAR:

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Universitetning Xodimlar bo’limiga quyidagi hujjatlarini topshiradi:

·         ariza;

·         shaxsiy varaqa (ma’lumotnoma-obyektivka/rezyume);

·         diplom nusxasi (bakalavr, magistr, PhD), shuningdek chet elda olingan diplomni tan olish va nostrifikasiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

·         fuqarolik pasporti yoki ID kartasi;

·         Professor-o'qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari (KPI) jadvalida ko'rsatilgan tegishli talablarni bajarganligini asoslovchi hujjatlar;

·         xorijiy til (ingliz tiliga ustunlik beriladi) ni bilish darajasini asoslovchi sertifikat;

·         nomzodning ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek, ilmiy ishlar va ixtirolari mavjud bo’lgan taqdirda ularga tegishli diplomlar, diplom nusxalarini va ilmiy ishlar ro’yxatini, malaka oshirish to’g’risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak.

 

Quyidagilarga tanlovda qatnashishga yo’l qo’yilmaydi:

·         o’n olti yoshga to’lmagan shaxslar;

·         belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

·         Universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodim bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo’lsa (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishni taqozo qilsa;

 

·         ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolg’on ma’lumotlar taqdim etgan bo’lsa;

·         sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;

·         qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.

 

ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI:

22-oktabr 2025 yildan, 22-noyabr 2025 yilgacha.

 

Tushuntirish

1. Kafedra professor-o'qituvchilari faoliyatini baholash mezonlari (KPI) va Ilmiy darajalar mezonlari jadvali Universitetning Xodimlar bo’limidan olinadi.

 

 Manzil: Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70 uy, SamDAQU rektorati binosi.

  Telefon nomer: (93) 343-06-03,  (91) 116-11-18

 

SamDAQU – jamoada xilma-xillik va inklyuzivlikni qo'llab-quvvatlashga intiladigan teng imkoniyatlarga ega ish beruvchidir.