Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Anvarova Mohinur boshchiligida talabalar turar joyida yashovchi Mexanika muhandisligi yoʻnalishi talabalari uchun qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.
"Tarixga sayohat" shiori ostida tashkil etilgan ekskursiya davomida talabalar Samarqandning tarixiy va madaniy obidalarini yaqindan ko‘zdan kechirdilar. Ular shahrimizning boy madaniyati, qadimiy yodgorliklari va ulkan merosi bilan tanishib, tarixiy bilimlarini yanada boyitdilar.
Bunday tadbirlar talabalarda vatanimiz tarixi va qadriyatlariga boʻlgan hurmatni oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun xizmat qilmoqda.