O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarining 6-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umum ta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarni oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish “Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish haqidagi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga biriktirilgan 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov kurslari tashkil qilindi.
Mazkur kurslar abituriyentlarning umum ta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, darslar “Registrator ofisi” hamkorligida kafedralilarning professor-o‘qituvchilari tomonidan Fizika, Matematika, Informatika va Ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi.
Tashkil etilgan tayyorlov kurslari oliy ta’limga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish hamda ijtimoy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga qo‘shimcha shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.