Tojikistondan abituriyentlarning ota-onalari universitetimizga tashrif buyurishdi. Ular uchun universitetimizda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida mehmonlar o‘quv binolari, talabalar turar joylari hamda universitet hududida yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.
Ushbu tashrif abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun universitet hayoti haqida to‘liqroq tasavvur hosil qilish, shuningdek, talabalarga yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘zdan kechirish imkonini berdi.