Skip to main content

TTJ kuni

Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 1-sonli talabalar turar joyining 7 yilligiga bag‘ishlab “TTJ KUNI” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Bayram tadbirida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov ishtirok etib, talabalarni qutladilar.

 

Ijodkor talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va musiqa shoular ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Shuningdek, talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o'tkazilib, g‘oliblar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.