Skip to main content

TurkicSkills-2025 xalqaro chempionati

Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli TurkicSkills–2025 xalqaro chempionatida 7 ta davlat vakillari o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etishmoqda.

 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham mazkur chempionatda munosib ishtirok etmoqda.

Universitetning Axborot texnologiyalari kafedrasi v.b. dotsenti Jonibek Haydarov hamda 1-bosqich magistranti Abror Niyatov “Unmanned Aerial Vehicle (UAV)” yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlarda qatnashmoqda.

 

Bu ishtirok universitet jamoasi uchun xalqaro tajriba almashish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va yosh mutaxassislarning salohiyatini yuksaltirishda muhim qadamdir. SamDAQU jamoasiga xalqaro maydonda omad tilaymiz!