Skip to main content

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talaba yoshlar uchun Turkiya stipendiyalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida Turkiya stipendiyalari dasturining imkoniyatlari, tanlov jarayonlari va talabalarga taqdim etiladigan afzalliklar haqida batafsil ma‘lumot berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.