Skip to main content

UNESCO “Knowledge for Change” dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida tashkil etilgan UNESCO Knowledge for Change (K4C) — Mentor Training Program (MTP) dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur amaliy mashg‘ulotlarda ishtirokchilar tarixiy obidalarni konservatsiya qilish, madaniy meros obyektlarini asrash, shuningdek, Malayziyaning tub aholi vakillari istiqomat qiluvchi hududlarida olib borilayotgan ijtimoiy tadqiqot va rivojlantirish tashabbuslari bilan tanishtirildilar.

 

UNESCO Mizan K4C Hub markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar davomida Ipok shahridagi tarixiy obidalarni saqlash va ularning barqarorligini ta’minlash, shuningdek, Perak provintsiyasida markazdan uzoq hududlarda yashovchi mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.

 

Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar “Communiversity” — universitet va jamiyatni yagona tizim sifatida birlashtirish konsepsiyasining amaliy ahamiyati, UNESCO dasturlarining hududiy integratsiya va jamoatchilikni rivojlantirishdagi o‘rni yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar.