Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozim — hayotim chirog‘i” nomli bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida fidoyi professor-o‘qituvchilar e'tirof etildi.
Iqtidorli talabalar she’rlar, kuy va qo‘shiqlar orqali ustozlarni samimiy tabriklab, bayramga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.