SamDAQU bitiruvchi talabalari diqqatiga!
Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasining Oqdaryo, Nurobod, Paxtachi, Pastdarg'om, Samarqand tumani, Toyloq tuman filiallarida Kadastr yig'ma jildlarini tayyorlash sho'basi kadastr muhandisi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.
Talablar: geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Samarqand shahar Gulobod ko'chasi 56-A uy (https://maps.app.goo.gl/ZpDVWmY6C5EWhk6e8)
Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998 97-959-77-99