Skip to main content

“Vatan boʻylab sayohat qil” loyihasi doirasida tarixiy maskanlarga navbatdagi sayohat

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Vatan boʻylab sayohat qil” loyihasi izchil davom etmoqda.

 

Navbatdagi manzil sifatida talabalar Ruhobod meʼmoriy majmuasi va Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurishdi.

 

Sayohat davomida ishtirokchilarga ushbu obidalar tarixiy ahamiyati, me’moriy uslublari, bezak san’ati va ulkan madaniy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Ayniqsa, buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik faoliyati, qurilish sohasidagi ishlari hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.