Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi qurilayotgan binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yangi binoda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv xonalari hamda laboratoriyalarni joyida ko‘zdan kechirildi.
Shohrux Daliyev tomonidan ilg‘or muhandislik maktablarini takomillashtirish va ilmiy-innovatsion loyihalarni kengroq joriy etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlar universitetni yanada rivojlantirish va ta’lim tizimini zamonaviylashtirishga qaratilgan.