Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi oʻquv binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir yangi infratuzilma, oʻquv jarayoni uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ilmiy muhit va professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Universitetning yangi binosi 0,7 gektar hududda barpo etilgan boʻlib, umumiy maydoni 27 853 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino 6 qavatdan iborat va 104 ta oʻquv xonasi, oshxona, faollar zali hamda 350 oʻrinli kutubxonani oʻz ichiga oladi.