Skip to main content

V.I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti delegatsiyasi SamDAQUga tashrif buyurdi

28-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida V.I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Delegatsiya tarkibi:

 

Yurchenko Sergey Vasilyevich — birinchi prorektor, xalqaro faoliyat va axborot siyosati bo‘yicha prorektor;

 

Gabrielyan Gevorg Olegovich — xalqaro faoliyat boshqarmasi boshlig‘i;

 

Mashchenko Aleksandr Petrovich — Media kommunikatsiyalar, media texnologiyalari va dizayn instituti direktori;

 

Rogozenko Anatoliy Vladimirovich — “Agrotexnologiya akademiyasi” instituti direktori;

 

Mennanov Elmar Medjidovich — “Qurilish va arxitektura akademiyasi” instituti direktori;

 

Bedritskiy Aleksandr Vladimirovich — “Tavricheskiy axborot-tahliliy markazi” avtonom notijorat tashkiloti direktori;

 

Ivchenko Oksana Anatolyevna — xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i.

 

Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, V.I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 

Tashrif so‘ngida xorijlik mehmonlar uchun universitetning yangi o‘quv binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.