Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida “Korrupsiyadan holi” muhitni yaratish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida talabalar uchun maxsus dasturlar asosida ta’lim olishlari belgilangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi universitetimizning barcha talaba-yoshlarini Virtual akademiyada maxsus dastur bo‘yicha o‘quv kursida faol ishtirok etishga chaqiradi.