Skip to main content

WORLD EDU 2025

Joriy yilning 11-12-aprel kunlari "SOF EXPO Samarkand" ko‘rgazmalar majmuasida "WORLD EDU 2025" keng ko‘lamli xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ushbu jarayonda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

 

Jumladan, universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Samarqand viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Ibragimov Nozir bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari pavilonlarini ko‘zdan kechirib, ishtirokchilar bilan samimiy suhbatlashdilar.

 

Shuningdek, rektor tomonidan xorijiy universitetlar vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini jadallashtirish hamda talabalar almashinuvi dasturi doirasida iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarni o‘qish, malaka oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish, xorijlik talabalarni esa SamDAQUda o‘qishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.