Skip to main content

WORLD EDU 2025: xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazma davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov va Registrator ofisining xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarov “Mirankul group” kompaniyasi direktor o‘rinbosari Ilhom Ibragimov bilan muzokaralar olib borib, talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot jarayonlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi hamda tegishli shartnomalar imzolandi.

 

Shuningdek, Geomatika muhandisligi kafedrasining 60722500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr” va 60721700 – “Kadastr (Ko‘chmas mulk kadastri)” yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi xodimlar bo‘limi mutaxassisi G‘olib Boboyorov tomonidan ma’lumotlar berildi va ularning ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

 

Bundan tashqari, Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Tayloq tumani mutaxassisi Sherali Irgashev, Jonboy tumani 1-son politexnikumi kadrlar bo‘limi inspektori Malika Mamirova bilan suhbat o‘tkazishdi. ish.mehnat.uz platformasida e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi va bitiruvchi talabalar bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

 

Ko‘rgazma jarayonida shuningdek, talabalar uchun bandlik bosh boshqarmasida amaliyot o‘tash bo‘yicha ham shartnomalar imzolandi.

 

Mazkur tadbir SamDAQU talabalari uchun kasbiy amaliyot, bandlik va xalqaro ko‘lamdagi aloqalarni kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.