2026-yil 10–11-aprel kunlari "SOF EXPO Samarkand" ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “WORLD EDU 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining faol ishtiroki ko‘plab yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Universitet o‘zining alohida pavilyonini tashkil etgan holda, xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, kelajakdagi abituriyentlar bilan bevosita muloqot o‘rnatdi. Tashrif buyurgan o‘quvchi-yoshlar universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari — bakalavriat va magistratura dasturlari, kirish talablari hamda o‘qish jarayoni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shu bilan birga, talabalar almashinuvi, xalqaro hamkorlik dasturlari va xorijiy universitetlar bilan o‘quvchilar almashinuvi borasidagi imkoniyatlar haqida ham tushuntirishlar berildi. Mazkur ko‘rgazma nafaqat universitetimiz faoliyatini targ‘ib qilish, balki yosh avlodda ta’limga, ayniqsa xalqaro darajadagi ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim o‘rin tutdi.