Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi Hududiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchilari va talabalari akademik almashinuv hamda professor-o‘qituvchilar stajirovkasi doirasida tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif davomida mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Akademik almashinuv doirasida turli fanlar bo‘yicha seminar-treninglar va ilmiy ma’ruzalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.