Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov va Arxitektura kafedrasi professori Emrah Turkyilmaz 2-6 fevral kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan “Malayziya-O‘zbekiston 1-ta’lim forumi” doirasida MAG ARCHITECT kompaniyasiga amaliy tashrif bilan borishdi.
Kompaniya rahbari Dr. Muhsin Abdul Ghani universitet bilan yaqin hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirar ekan, ikki tomonlama Anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum asosida:
Arxitektura, Interyer dizayni va Qurilish muhandisligi yo‘nalishlari talabalari uchun amaliyotlar tashkil etish;
Qurilish muhandisligi bo‘yicha bilim almashinuvi yo‘lga qo‘yish;
Professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari yaratish;
Universitetning Inkubatsiya va Loyihalar markazlari bilan hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirish kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida MAG ARCHITECT kompaniyasi 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro miqyosda qurilish sanoati hamkorligini mustahkamlash va innovatsion loyihalar yaratishga yo‘naltirilgan kompaniyalardan biridir.