Skip to main content

Xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy muloqot

Xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy muloqot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror G‘adaev Malayziyaning Tunku Abdul Rahman universiteti mutaxassislari ishtirokida xalqaro ma’ruzani o‘qidi.

Mazkur ma’ruza “O‘zbekistondagi suv manbalari holati va Orol dengizi muammolari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Respublikamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va ekologik barqarorlik yo‘lida birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

SamDAQU – ilm-fan va innovatsiyalar markazida!