Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Ozarbayjon, Turkiya hamda Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kurtametov Said ishtirok etdi.
Xorijlik vakillar:
Mammadov Nurmammad – texnika fanlari doktori, professor, AzAQU “Muhandislik tizimlari va inshootlarini qurish” kafedrasi mudiri (Ozarbayjon);
Mahir Dursun - Gazi universiteti professori, (Turkiya)
Muslim Jengiz - Gazi universiteti professori, (Turkiya)
Feyzieva Gulnar - AzAQU dotsenti (Ozarbayjon)
T.X.Karimov - I.Razzakov nomidagi KDTU (Qirg‘iziston)
Uchrashuvda SamDAQU va Xorijiy OTMlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish. almashinuv, dual rahbarlik va qo‘shma loyihalarda qatnashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.