Skip to main content

Xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmazning Xitoyga xizmat safari doirasida 20-may kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida xitoy tili, jumladan, HSK imtihonlariga tayyorlovchi til kurslarini tashkil etish hamda akademik almashinuv va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va Xitoy bilan xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xitoy hukumati tomonidan tashkil etilgan va dunyo bo‘ylab xitoy tili va madaniyatini o‘rgatishga qaratilgan ta’lim va madaniy markaz hisoblangan hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi Konfutsiy instituti bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Shundan so‘ng rektor Dr.Chidem Turkyilmaz Shimoliy-sharqiy universitet prorektori Dr. Tang Lixin qabulida bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidahi mustahkam do‘stlik aloqalari, jumladan oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan hukumatlararo hamkorlik munosabatlari sifatida yaqinda Urumchi shahrida tashkil etilgan 1-Xitoy-Markaziy Osiyo ta’lim vazirlari uchrashuvi, ushbu oliy darajadagi uchrashuv doirasida tashkil etilgan “Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo alyansi” kabi oliy ta’limni sanoat bilan yaqindan hamkorlik qilish masalalariga qaratilgan istiqbolli loyihalar borasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.

 

Kunning ikkinchi yarmida Shimoliy-sharqiy universitetning Xalqaro ta’lim fakultetida 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab hamkorlikda Metallurgiya muhandisligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirish masalalarini muhokama qilish maqsadida ishchi guruh yig‘ilishi tashkil etildi. Ushbu ishchi guruh yig‘ilishida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetidan rektor Dr. Chidem Turkyilmaz va Arxitektura fakulteti professori Emrah Turkyilmaz, shuningdek Shimoliy-sharqiy universitetdan Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Dr. Zhang Yannan, Xalqaro ta’lim fakulteti dekani Dr. Yu Fuxiao, Materialshunoslik va muhandislik fakulteti dekani Dr. Wang Jianjun va boshqa rasmiylar ishtirok etishdi. Tomonlar asosan Metallurgiya muhandisligi sohasida tashkil etilishi kutilayotgan qo‘shma ta’lim dasturi, ishchi rejasi, malaka talablari va unda o‘qitiladigan fanlar majmuasi ustida ish olib borib, umumiy kelishuvlarga erishishdi. Shuningdek, ushbu qo‘shma ta’lim dasturini amaliyotga tatbiq etish borasida aniq harakatlar rejasini ishlab chiqishdi.