Skip to main content

Xalqaro hamkorlik sari: Vena Universiteti professori bilan davra suhbati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Avstriyaning Vena Universiteti professori Dr. Josef Windsperger tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida Dr. Josef Windsperger iqtisodiyot va boshqa sohalar bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, shuningdek, ilmiy hamda akademik sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuvda universitet rahbariyati, dekanlar va kafedra mudirlari Vena universiteti professori bilan ochiq va samimiy davra suhbati olib borishdi.

 

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishdilar:

Xalqaro qo‘shma konferensiya tashkil etish

Ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar ishlab chiqish

  

Suhbat yakunida Vena Universiteti va SamDAQU o‘rtasida kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.