Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Turkiyaning Sakarya universiteti professori Ali Choruh hamda Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti professorlari Ramankulov Sherzod va Kurbanbekov Bakitjan ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv “Atrof muhitni muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-texnik konferensiya doirasida tashkil etildi. Tadbir davomida 2025–2026 o‘quv yilida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma tashkiliy va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, shuningdek, Atrof muhit muhandisligi kafedrasi mudiri Norqulov Bohodir va doktorantlar ishtirok etdilar.