Skip to main content

Xalqaro hamkorlikdagi yangi qadam

Kuni kecha universitet rektori Dr. professor Chidem Turkyilmaz AQShning Alpha Epsilon Lambda, Inc. vitse-prezidenti Rock Aboujaoude, Jr. bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Alpha Epsilon Lambda, Inc. korxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Ushbu hamkorlik doirasida:

AEL kompaniyasining O‘zbekistondagi filialni SamDAQUda tashkil etish;

Arxitektura, qurilish, suv resurslari, yashil energetika va atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar;

Talabalar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi;

Qo‘shma konferensiyalar, ilmiy nashrlar va grant loyihalarini amalga oshirish;

“Intellektual suv texnologiyalari” Ilg'or  muhandislik maktabi qoshida "Suv muammolari va ularni yechimlari" bo‘yicha yozgi va qishki maktablarni tashkil etish.