Skip to main content

Xalqaro ilmiy-texnik anjumanga taklif

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 14–15-noyabr kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Jahon taraqqiyotida iqtisodiyot va boshqaruvning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkaziladi.

 

Anjuman maqsadi yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida investitsion-qurilish sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy muammolarni hal etishda jahon ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

 

Anjuman yo‘nalishlari:

O‘zbekistonda qurilish sanoati raqobatbardoshligini oshirishning dolzarb muammolari

Qurilish sohasida innovatsion rivojlanish, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari hamda xavf-xatarlari

“Yashil iqtisodiyot” strategiyasi doirasida qurilishning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish masalalari va jahon tajribasi

‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari va ularning innovatsion yechimlari

Mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb muammolari va ularning yechimlari

 

Ma’ruzalar va tezislar to‘plami nashr etiladi.

Ishtirokchilar 2025-yil 31-oktyabrgacha o‘z ilmiy ishlarini elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga yuborishlari so‘raladi.

 

 Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Anjuman tashkiliy qo‘mitasi.

Elektron manzil: muratov.rustam@samdaqu.edu.uz

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Turdibekov Yusuf  — +998 90 270 45 30

Jumanov Sherzod — +998 93 357 12 18