Skip to main content

Xalqaro qurilish va ko‘chmas mulk ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

3-4-may kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Build Pro Expo 2025” xalqaro qurilish materiallari ko‘rgazmasi, ko‘chmas mulk yarmarkasi va qurilish yo‘nalishidagi biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz so‘zga chiqib, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, zamonaviy loyihalash yondashuvlari borasida olib borilayotgan ishlar hamda bu jarayonlarda sifatli ta’limning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

 

Ko‘rgazmada universitet vakillari faol ishtirok etib, xorijiy hamkorlar bilan o‘z pavilyonini tashkil qildi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tashkilot hamda korxonalar vakillari bilan  kelajakdagi hamkorlik hamda investitsiya masalalari muhokama qilindi.