Skip to main content

Xalqaro ta’lim hamkorligi sari dadil qadam

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov Xitoy Xalq Respublikasida Zhejiang Normal University tomonidan tashkil etilgan “Bir makon, bir yo‘l” mamlakatlari bilan xalqaro ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.

 

Seminar dasturi davomida ishtirokchilar Jinhua, Hangzhou, Shanghai va Suzhou shaharlarida bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruza va uchrashuvlarda qatnashadilar:

 

Xitoy ta’lim tizimi va oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlik imkoniyatlari;

Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va talantlarni yetishtirish;

Talabalar mobilligi hamda global ta’lim tendensiyalari;

Raqamli intellekt davrida xalqaro hamkorlik;

Xitoy–AQSh ta’lim tajribasi va “Bir makon, bir yo‘l” mamlakatlari bilan hamkorlik istiqbollari.

 

Seminar doirasida ilmiy-amaliy ma’ruzalar bilan bir qatorda turli universitetlar, o‘quv markazlari, muzeylar va madaniy obidalarga tashriflar ham rejalashtirilgan.