Bugun Turkiya Respublikasining nufuzli “Business Turk” jurnali bosh muharriri, turkiy dunyo allomalari hayoti va faoliyatini yoritishda beqiyos hissa qo‘shgan, uch mingdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar haqida yozilgan “Aziz Sanjar bilan 7 kun” asari muallifi, xalqaro darajadagi e’tiroflarga sazovor bo‘lgan atoqli jurnalist Muhammad Ruzubay Ako‘ren bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdim.
Suhbat davomida turkiy dunyoning boy ma’naviy merosi, ilm-fan va adabiyotning bugungi o‘rni, shuningdek, zamonaviy jurnalistika oldidagi muhim vazifalar haqida fikr almashdik.
Uchrashuv yakunida yozuvchi o‘z qalamiga mansub “Pomir va Pomir qirg‘izlari” kitobini sovg‘a qildi. Bunday uchrashuvlar insonni ruhlantiradi, yangi marralar sari undaydi.