Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Sinxua Universitetining Pekin Sinxua Tongheng shaharsozlik va dizayn instituti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Universitet rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiya rahbari, professor Peng Jianbo institut faoliyati hamda mahalliy va xalqaro miqyosda amalga oshirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Har ikki tomon hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan holda, shaharsozlik, landshaft arxitekturasi, dizayn va yashil shaharlarni loyihalash sohalarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, milliy ahamiyatga molik loyihalarda hamkorlik qilish orqali SamDAQU va Samarqand viloyatiga investitsiyalar jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.