O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 17-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu munosabat bilan Xitoyning yetakchi kompaniya va universitet vakillari SamDAQUga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida quyidagi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi:
Hebei Lakoo Automation Equipment Co., Ltd – avtomatlashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Jin Yi);
XingTai Lang Tai Agricultural Technology Co., Ltd – qishloq xo‘jaligi texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Li Feng);
Hebei Langyue Plastic Products Co., Ltd – plastik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Wang Guangjun);
Hebei Kelaiente Glass Shutter Manufacturing Co., Ltd – shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha (bosh menejer janob Meng Xiaobo).
Tashrif davomida universitetda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ushbu hamkorlik ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro tajribani kengaytirishga xizmat qiladi.