Shu kunlarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz 1-Xitoy-Markaziy Osiyo ta’lim vazirlari uchrashuvi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Bugun Xitoyning Sintay shahridagi Langke Automation Equipment Co., Ltd. sanoat korxonasiga tashrif buyurib, korxona rahbariyati bilan texnologik tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalardan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarda uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Langke Automation Equipment Co., Ltd. kompaniyasi direktor o‘rinbosari Shi Kedong va universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU va xorijiy kompaniya hamkorligi natijasida tashkil etilgan Inkubatsiya Markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Ushbu Inkubatsiya Markazining tashkil etilishi nafaqat universitet va korxona hamkorligini yangilash, balki ikki tomonning ta’lim, fan va texnologiya hamda sanoat sohalarida chuqur integratsiyalashuvi uchun yangi boshlang‘ich hisoblanadi. Bu - universitet va korxona o‘rtasida yangi iste’dodlarni tayyorlash, texnologiyalarni birgalikda tadqiq qilish va rivojlantirish hamda "universitet-sanoat-innovatsiya" zanjiri tamoyiliga asoslangan hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.