Skip to main content

SamDAQUning turdosh fakulteti professor-o‘qituvchilari Xitoyda malaka oshiradilar

Xizmat safarida bo‘lib turgan universitet delegatsiyasi kunning ikkinchi yarmida Pekin arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura va shaharsozlik institutiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Arxitektura fakulteti dekani muovini Shang Qian hamrohligida, ushbu institutda arxitektura va shaharsozlik sohalarida kadrlar tayyorlash tajribasi bilan yaqindan tanishib, u yerda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, texnik imkoniyatlari, tajriba laboratoriyalari va dizayn studiyalarining ish jarayonlari o‘rganildi.

Shuningdek, kelgusida Pekin arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura va shaharsozlik institutiga SamDAQUning turdosh fakulteti professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish va stajirovka amaliyotlariga yuborishni tashkil qilish masalalari ikkala hamkor universitetlar rahbariyati tomonidan kelishib olindi.