Skip to main content

Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi SamDAQUda

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda universitet  rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida prorektorlar Juramirza Qayumov, Abror Gadaev, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov hamda, universitet professori Emrah Turkyilmaz ishtirok etishdi.

 

Delegatsiya a’zolari:

Prof. Dr.YU Fuxiao – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro ta'lim fakulteti dekani;

Prof. Dr. Yang Bo – Shimoli-Sharqiy Universiteti Materialshunoslik va muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari;

Janob Chjou Chengli – Shimoli-sharqiy universiteti o‘quv ishlari ofisi direktori o‘rinbosari;

Janob Li Jiannan – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro hamkorlik va almashinuv ofisi direktor o‘rinbosari;

Gao Xaoxin xonim – Shimoli-Sharqiy universiteti Xalqaro ta'lim fakulteti Ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassis.

 

SamDAQU delegatsiyasining 2024-yil oktyabr oyidagi Xitoyga tashrifi chog‘ida SamDAQU va Shimoliy-sharqiy universitet hamkorligida tashkil etilishi kutilayotgan qo‘shma ta’lim dasturining tashkiliy jarayonlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, “Metallurgiya muhandisligi qo‘shma ta’lim yo‘nalishi” uchun ishchi dasturlar, malaka talablari va fanlar, kreditlar soni kabi muhim bosqichlar bo‘yicha aniq qadamlar belgilab olingan edi.

 

Bugungi uchrashuv hamkorlik aloqalari o‘rnatilishining navbatdagi bosqichi bo‘lib, unda qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.