Xitoy Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrifi davom etmoqda.
Tashrifning ikkinchi kuni Arxitektura fakultetining yangi qurilayotgan binosi va unda talaba hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi.
Shundan so‘ng uchrashuv universitet bosh binosidagi Inkubatsiya markazida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusi qadamlar muhokamasi bilan davom etdi.
Bugungi uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida prorektorlar Juramirza Qayumov, Abror Gadaev, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov ishtirok etdi.
Delegatsiya a’zolari:
Prof. Dr.YU Fuxiao – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro ta'lim fakulteti dekani;
Prof. Dr. Yang Bo – Shimoli-Sharqiy Universiteti Materialshunoslik va muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari;
Janob Chjou Chengli – Shimoli-sharqiy universiteti o‘quv ishlari ofisi direktori o‘rinbosari;
Janob Li Jiannan – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro hamkorlik va almashinuv ofisi direktor o‘rinbosari;
Gao Xaoxin xonim – Shimoli-Sharqiy universiteti Xalqaro ta'lim fakulteti Ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassis.